Ko‘chmas mulkka shaffof va ulushli investitsiya

Envast sizni haqiqiy mulk loyihalariga bog‘laydi. Ulush sotib oling, ulushingizga mutanosib ishonchli foyda oling.

Biz bilan bog‘laning

16-18% yillik o‘rtacha foyda

halalhero_phone

Hamkorlar va ishtirokchilar

Centris Development
NRG-BI
Golden Lake
Bayterak
PROGRESS SOLUTION TECHNOLOGIES
Click
Payme
Centris Development
NRG-BI
Golden Lake
Bayterak
PROGRESS SOLUTION TECHNOLOGIES
Click
Payme
Centris Development
NRG-BI
Golden Lake
Bayterak
PROGRESS SOLUTION TECHNOLOGIES
Click
Payme
Centris Development
NRG-BI
Golden Lake
Bayterak
PROGRESS SOLUTION TECHNOLOGIES
Click
Payme
Loyihalar

Real aktivlar asosida investitsiya: qurilish, yer uchastkalari va ijara obyektlari

Hissa

Kommandit shirkat

Toshkent shahridagi premium ko‘chmas mulk obyektlariga jamoaviy investitsiya. NRG Bayterak (Yangi Toshkent) va GOLDEN LAKE majmualarida kvartiralar portfeliga ega

Yillik foyda~16%
1% ulush34.74 mln
Minimum sarmoya12 mln
Batafsil

Afzalliklar

Sheriklik asosida investitsiya: real aktivlar, aniq ulush, uzoq muddatli qiymat

Nega ENVAST?

Ishonchli hamkorlik

Sarmoya xavfsizligi va samaradorligini ta’minlovchi kompleks yondashuv.

Haqiqiy ulushlar

Qurilish va yer uchastkalarining haqiqiy ulushlariga ega bo‘ling.

Barqaror sarmoya

Uzoq muddatli qiymatga ega moddiy ko‘chmas mulkka sarmoya kiriting.

Qiymat o‘sishi

Mulk qadrlanishi va ijara daromadidan foydalaning

Sheriklik asosida investitsiya

Envast platformasidagi har bir loyiha moliyaviy ekspertlar tomonidan tekshirilgan va tasdiqlangan. Biz bilan sarmoyangiz shaffof va ishonchli.

Shaffoflik – barcha shartlar va jarayonlar aniq belgilangan

Real aktivlar – faqat ko‘chmas mulkka investitsiya

Doimiy nazorat – ekspertlar tomonidan audit

Huquqiy kafolat – to‘liq hujjatlashtirilgan mulk huquqi

Guvohnoma

Sarmoya yo‘li

To‘rtta qadam orqali investitsiya jarayonini boshlang va daromad oling

capital

ENVAST ilovasi

Akkauntingiz, loyihalar va daromad, hammasi bir ilovada

Ilovani yuklab oling

Sizga qulay bo‘lishi uchun ilovani sodda qildik: bir necha qadam, aniq jarayon va shaffof ma’lumot. Yuklab oling va sinab ko‘ring.

  • iconObyektlar katalogi
  • iconDaromad kalkulyatori
  • iconUlush sotib olish
  • iconOnlayn to‘lovlar
  • iconHamyon va balans
  • iconDaromadlar tarixi
  • iconPul yechish
  • iconHujjatlar va shartnomalar
QR kod

Skanerlang

qr code
play marketapp store
envast apk

Envast — O‘zbekistondagi ko‘chmas mulkka jamoaviy investitsiya qilish platformasi. Har bir loyiha alohida Kommandit Shirkat (KSh) shaklida tashkil etiladi va O‘zbekiston qonunchiligiga muvofiq rasmiy ro‘yxatdan o‘tkaziladi.


Agar yirik ko‘chmas mulk obyektini yakka tartibda sotib olish imkoniyatingiz bo‘lmasa, boshqa investorlar bilan birgalikda loyiha ulushlarini xarid qilishingiz va loyiha foyda keltirganda ulushingizga mutanosib ravishda dividend olishingiz mumkin.


Envastning afzalliklari:

  • Past kirish summasi — 12 mln so‘mdan boshlanadi;
  • Shaffof hisob-kitob — barcha tushum va xarajatlar mobil ilovada aks ettiriladi;
  • Tajribali jamoa — loyihalarni tanlash, boshqarish va realizatsiya qilish bilan shug‘ullanadi;
  • Diversifikatsiya — bir vaqtning o‘zida bir nechta loyihalarda ishtirok etish imkoniyati;
  • Rasmiy yuridik tuzilma — har bir loyiha O‘zbekiston qonunchiligiga muvofiq ro‘yxatdan o‘tkaziladi.  
⚠️ Muhim: Investitsiya faoliyati risklar bilan bog‘liq. Loyiha kutilgan natijalarni bermagan taqdirda, kiritilgan mablag‘ning bir qismini yoki to‘liq yo‘qotish ehtimoli mavjud. Batafsil ma’lumotni “Investitsiya risklari nimalardan iborat?” bo‘limida o‘qishingiz mumkin.

Envastga investitsiya qilish 4 ta oddiy bosqichdan iborat:

  1. Ro‘yxatdan o‘ting Envast mobil ilovasini yuklab oling va MyID orqali shaxsingizni tasdiqlang;
  2. Loyihani tanlang  "Loyihalar" bo‘limidan o‘zingizga mos investitsiya loyihasini tanlang;
  3. Faol raundga qo‘shiling raund bu loyiha investorlar mablag‘larini jalb qilayotgan bosqich. Investitsiya summasini kiriting, tizim esa ustav kapitaliga nisbatan ulush foizingizni avtomatik hisoblab beradi;
  4. To‘lovni amalga oshiring — ko‘rsatilgan rekvizitlar bo‘yicha investitsiya to‘lovini amalga oshiring.

👉 Ushbu 4 bosqich yakunlangach, siz Investorlik guvohnomasini olasiz — raund yakunida Kommandit Shirkat nomidan rasmiy investorlik guvohnomasi rasmiylashtiriladi va mobil ilovadagi hujjatlar bo‘limiga joylashtiriladi.


Shundan so‘ng, loyiha daromad keltirgan davrlarda sizning ulushingizga mutanosib ravishda dividendlar hisoblanadi va barcha investitsiya hisobotlarini mobil ilova orqali kuzatib borishingiz mumkin.

Minimal investitsiya summasi har bir loyiha uchun alohida belgilanadi va loyiha ustav kapitali hamda raund shartlariga bog‘liq bo‘ladi.


Odatda minimal investitsiya summasi 12 mln so‘mdan boshlanadi, biroq ayrim loyihalarda bu miqdor yuqoriroq bo‘lishi mumkin.


📱 Aniq summani bilish uchun: mobil ilovadagi loyiha sahifasini oching — unda joriy raund bo‘yicha minimal investitsiya summasi ko‘rsatiladi.

Loyiha foyda olganida, foyda davriy taqsimot orqali investorlarga ulushiga qarab to‘lanadi. Loyiha foyda olmagan davrlarda taqsimot bo‘lmaydi.


Foyda olish jarayoni:

  1. Loyiha sotuv tushumi yoki ijara daromadi oladi;
  2. Barcha xarajatlar, soliqlar va xayriya ajratiladi;
  3. Qolgan sof foyda nizomda kelishilgan taqsimot tartibi bo‘yicha bo‘linadi;
  4. Sizning ulush foizingizga ko‘ra dividend hisoblanadi;
  5. Dividend sizning ro‘yxatdan o‘tgan bank kartangiz yoki bank hisobingizga o‘tkaziladi.


Taqsimot davri har bir loyiha uchun alohida belgilanadi va loyiha shartlariga bog‘liq holda turlicha bo‘lishi mumkin. Har taqsimot oxirida mobil ilovada bildirishnoma keladi.

Investitsiyangizdan chiqish imkoniyatlari mavjud, lekin bu darhol bank hisobidan pul olganday tez amalga oshmaydi. Ko‘chmas mulkka investitsiya — uzoq muddatli majburiyat, shuning uchun chiqish jarayoni bozor sharoiti va xaridor mavjudligiga bog‘liq.


Mablag‘ni qaytarish variantlari:

  • Ulushni boshqa investorga sotish — o‘z ulushingizni boshqa investorga rasmiy shartnoma orqali sotishingiz mumkin. Narxni siz belgilaysiz, xaridor topishi vaqt talab etadi va kafolatlanmaydi;
  • Loyiha yakunlanishi — loyiha to‘liq yakunlanganda (obyekt sotilganda yoki shartnoma muddati tugaganda) barcha mablag‘lar va to‘plangan foyda investorlarga taqsimlanadi;
  • Chiqish so‘rovi — alohida hayotiy holatlarda (masalan, og‘ir kasallik) mobil ilovadagi “Chiqish so‘rovi” orqali murojaat qilishingiz mumkin. Har bir so‘rov alohida ko‘rib chiqiladi va loyiha nizomidagi shartlarga bog‘liq.
⚠️ Eslatma: Chiqish vaqti va shartlari har loyihaning nizom va shartnoma shartlariga bog‘liq. Investitsiyadan oldin loyiha hujjatlarini diqqat bilan o‘qib chiqing. Likvidlik (pulni tez qaytarib olish) kafolatlanmaydi.

Envastda investitsiya to‘lovi rasmiy bank kanallari orqali amalga oshiriladi:

  • 💳 Bank o‘tkazmasi — Kommandit Shirkatning rasmiy hisob raqamiga (asosiy usul)
  • 📲 Onlayn to‘lov tizimlari — mobil ilova orqali amalga oshiriladi.


Agar to‘lov bank o‘tkazmasi orqali amalga oshirilgan bo‘lsa, kvitansiyani saqlang va mobil ilovadagi “Ulushlarim” → “Kutilmoqda” bo‘limidan o‘z loyihangizni ochib, “Kvitansiya yuklash” tugmasi orqali yuklang. Onlayn to‘lov tizimlari orqali amalga oshirilgan to‘lovlarda kvitansiya yuklash talab etilmaydi — Envast tizimi to‘lovni avtomatik qabul qiladi.


📋 Muhim: Faqat sizning shaxsiy bank kartangiz yoki bank hisobingizdan amalga oshirilgan to‘lovlar qabul qilinadi. Boshqa shaxs nomidan yuborilgan to‘lovlar bank standartlariga muvofiq jo‘natuvchining hisobiga qaytariladi.

Ha, lekin siz o‘zingiz hisoblab to‘lashingiz shart emas — shirkat darajasidagi foyda solig‘i avtomatik ravishda Kommandit Shirkat tomonidan ushlab qolinadi.


Taqsimotdan oldin foyda solig‘i shirkat hisobidan to‘lanadi (foiz miqdori O‘zbekiston Soliq kodeksiga muvofiq belgilanadi). Soliq chegirilgandan keyin qolgan sof foyda investorlar va to‘liq sherik o‘rtasida nizomga ko‘ra taqsimlanadi.


Sizning hisobingizga foyda solig‘i chegirilganidan keyingi summa o‘tkaziladi. Yil davomida olgan dividendlaringiz va shirkat tomonidan ushlab qolingan soliqlar haqida ma’lumotnomani yil oxirida mobil ilovadan yuklab olishingiz mumkin.


📋 Eslatma: Shirkat darajasidagi foyda solig‘i Envast tomonidan amalga oshiriladi. Investorning shaxsiy soliq majburiyatlari (agar mavjud bo‘lsa) qonun talablariga muvofiq mustaqil ravishda bajariladi — zarurat tug‘ilganda soliq maslahatchisi bilan maslahatlashish tavsiya etiladi.

Kommandit shirkat (KSh) — bu O‘zbekiston qonunchiligida ko‘rsatilgan biznes shakli bo‘lib, ikki turdagi a’zolardan iborat: to‘liq sheriklar va kommanditchilar (investorlar).


🟢 To‘liq sheriklar:

  • Shirkatni boshqaradi va barcha qarorlarni qabul qiladi;
  • Shirkat majburiyatlari bo‘yicha shaxsiy mol-mulki bilan ham javobgar;
  • Envast platformasida — Envast jamoasi tomonidan boshqariladigan to‘liq sherik tomon (har bir loyiha nizomida aniq ko‘rsatiladi).

🔵 Kommanditchilar (Siz):

  • Shirkatga kapital qo‘yadi, lekin boshqaruvda ishtirok etmaydi;
  • Faqat qo‘ygan ulushi miqdorida javobgar;
  • Bu yerda — siz, investor!


Investorlar uchun KShning afzalliklari:

  • Shaxsiy mol-mulkning himoyalanishi — loyiha zarar ko‘rsa ham, sizning uy-joyingiz, mashinangiz yoki boshqa aktivlaringizga hech qanday talab qo‘yilmaydi. Investitsion xavf faqat kiritilgan summa bilan cheklanadi;
  • Boshqaruv majburiyati yo‘q — loyihaning kundalik faoliyati to‘liq sherik tomonidan amalga oshiriladi;
  • Foydadan ulush olish huquqi — loyiha foyda olganda ulushingizga mutanosib ravishda dividend olasiz (foyda kafolatlanmaydi, bozor sharoitiga bog‘liq);
  • Rasmiy yuridik shakl — har bir loyiha shirkati O‘zbekiston qonunchiligiga muvofiq rasmiy ro‘yxatdan o‘tkaziladi.

Ustav kapital — bu shirkatning rasmiy ravishda e’lon qilingan asosiy kapitali. Shirkat tashkil etilganda barcha sheriklar tomonidan qo‘shiladigan jami mablag‘.

Misol: Loyihaning ustav kapitali — 4 mlrd so‘m. Bu mablag‘ shirkat tomonidan obyektlar sotib olishga sarflanadi.


Nominal ulush — bu sizning ustav kapitalga qo‘shgan rasmiy summangiz. Bu raqam hujjatlarda qayd etiladi va o‘zgarmaydi.

📊 Hisob misoli:

  • Ustav kapital: 4 mlrd so‘m;
  • Siz qo‘ygan: 100 mln so‘m;
  • Sizning ulush foizingiz: 100 mln / 4 mlrd = 2.5%.

Bu 2.5% — sizning bazaviy ulush foizingiz. Yakuniy dividend taqsimoti bosqichlardan o‘tib hisoblanadi — batafsil ma’lumotni “Envastda taqsimot qanday hisoblanadi?” savolida o‘qing.


📊 Ustav kapital qanday ko‘rinishda turishi mumkin?


🟡 Pul ko‘rinishida:

  • Holati: hali sarflanmagan mablag‘;
  • Tavsif: shirkat bank hisobida saqlanadi.

🏗 Ob’yektlarda:

  • Holati: investitsiya aktivga aylangan;
  • Tavsif: ko‘chmas mulk yoki boshqa aktivlarga sarflangan.

🟢 Sotilgan obyekt:

  • Holati: aktiv realizatsiya qilingan;
  • Tavsif: obyekt sotiladi va pul yana shirkat hisobiga qaytadi (qayta investitsiya yoki taqsimot uchun).

Taqsimot — bu sizning dividendingiz hisoblanadigan jarayon. Bosqichlar ketma-ket quyidagicha bajariladi:


1-bosqich: Sof foyda hisoblanadi
Loyihaning sotuv tushumlari yoki ijara daromadidan barcha xarajatlar chegiriladi va sof foyda aniqlanadi.


2-bosqich: Foyda solig‘i ushlab qolinadi
Sof foydadan O‘zbekiston qonunchiligi belgilagan foyda solig‘i shirkat tomonidan to‘lanadi.


3-bosqich: Xayriyaga ajratiladi
Soliqdan keyin qolgan summadan bir qism shirkat nizomida belgilangan xayriya/ijtimoiy maqsadlar uchun ajratiladi. Qolgan summa taqsimlanadigan foyda deb yuritiladi.


4-bosqich: Ustav ulushi bo‘yicha dividend hisoblanadi
Taqsimlanadigan foyda har bir ishtirokchining ustav kapitaldagi ulush foiziga ko‘ra bo‘linadi. Ham to‘liq sheriklar, ham investorlar (kommanditchilar) o‘z ustav ulushi miqdoricha dividend oladi.


5-bosqich: Investorlar dividendining bir qismi to‘liq sheriklarga ajratiladi
Investorlarning dividendidan ma’lum bir qismi to‘liq sheriklarga qo‘shimcha ulush sifatida o‘tkaziladi. Bu nisbat har bir loyiha uchun alohida nizomda belgilanadi va loyihalar bo‘yicha turlicha bo‘lishi mumkin.


6-bosqich: Sizning yakuniy dividendingiz
Yuqoridagi bosqichlardan keyin qolgan summa sizning hisobingizga o‘tkaziladi. Ya’ni siz ustav kapitaldagi ulush foizingiz va nizomda belgilangan taqsimot nisbatiga ko‘ra dividend olasiz.


📊 Aniq foizlar qayerda ko‘rinadi: Har bir loyiha uchun xayriya nisbati va to‘liq sherik bilan investorlar o‘rtasidagi taqsimot koeffitsienti shirkat nizomida aniq belgilanadi (foyda solig‘i esa O‘zbekiston qonunchiligi bilan belgilanadi). Mobil ilovadagi loyiha sahifasidan o‘z loyihangiz bo‘yicha aniq raqamlarni ko‘rishingiz mumkin.

Nominal qiymat — bu hujjatdagi tarixiy raqam: kim qancha pul qo‘ygan, qachon qo‘ygan. U o‘zgarmaydi, chunki bu yozib qo‘yilgan “fakt”.


Sotuv narxi — bu bugungi sotuvchi va sotib oluvchi o‘rtasidagi kelishuv. Sotuvchi o‘zi mos topgan narxni belgilaydi, sotib oluvchi rozi bo‘lsa — sotuv amalga oshadi.


Sotuvchi qanday qaror qabul qiladi?

🏢 Loyiha rivoji: obyektlar qimmatlashganmi, foyda chiqarayaptimi?
📅 Vaqt: loyiha qancha “yetilgan”, qancha vaqt o‘tgan?
📈 Kelajak istiqboli: yangi investor uchun ham foyda qolishi hisobga olinadi
💼 Bozor holati: boshqa loyihalardagi ulushlar qancha turibdi?

💡 Bozor mexanizmi: narxni sotuvchi va sotib oluvchi kelishuvi orqali bozor o‘zi shakllantiradi. Sotuvchi haddan qimmatga qo‘ysa xaridor topilmaydi, juda arzon qo‘ysa o‘zi yutqazadi — shuning uchun ko‘pincha bozor darajasidagi narx o‘rnatiladi.
📱 Sotuv qayerda amalga oshadi: mavjud sotuv takliflari va ularning narxlari mobil ilovaning tegishli bo‘limida ochiq ko‘rsatiladi. Sotib oluvchini topish vaqt talab etadi va kafolatlanmaydi — likvidlik (tez sotish imkoniyati) bozor sharoitiga bog‘liq.

Har qanday investitsiya — shu jumladan ko‘chmas mulkka — risk bilan bog‘liq. Envast platformasi shaffof bo‘lishni maqsad qilgan, shuning uchun har bir investor quyidagi asosiy risklarni bilishi va o‘z investitsiya qarorini shu asosida qabul qilishi kerak.


📉 Kapital yo‘qotish riski
Loyiha rejalashtirilganidek rivojlanmasa (qurilish to‘xtab qolishi, obyektning bozor narxi tushishi, sotuv amalga oshmasligi va h.k.) — kiritilgan mablag‘ning bir qismini yoki to‘liq yo‘qotish ehtimoli mavjud. Foyda hech qachon kafolatlanmaydi.


🏗 Loyiha bajarilish riski
Qurilish kechikishi, quruvchi tomonidan shartnoma shartlarining buzilishi, davlat ruxsatnomalarini olishdagi muammolar — bularning hammasi loyiha muddatlarini cho‘zishi va kutilgan foydani kechiktirishi mumkin.


📊 Bozor riski
Ko‘chmas mulk bozori inflyatsiya, valyuta kursi, iqtisodiy holat va davlat siyosatiga bog‘liq. Obyekt narxi sotib olingan vaqtdagiga qaraganda tushib ketishi yoki ijara talabi pasayishi mumkin.


Likvidlik riski
Investitsiyangizdan darhol chiqib pul olish imkoniyati cheklangan. Ulushni sotish uchun xaridor topish vaqt talab etadi va u bozor sharoitiga bog‘liq. Bank hisobidagi pulday darhol qaytarib bo‘lmaydi.


🏘 Ijara riski
Agar loyiha ijara daromadiga mo‘ljallangan bo‘lsa — obyekt vaqtinchalik bo‘sh qolishi (ijarachi topilmasligi yoki chiqib ketishi) mumkin. Bunday davrlarda ijara daromadi to‘xtaydi.


Qonuniy va soliq o‘zgarishlari riski
O‘zbekiston qonunchiligi (soliq stavkalari, ko‘chmas mulk qoidalari, investitsiya tartibi) o‘zgarishi mumkin va bu loyiha foyda darajasiga ta’sir qilishi mumkin.


🛡 Envast tomonidan ta’minlanadigan himoya:

  • Kommandit shirkat shakli — sizning shaxsiy mol-mulkingiz himoyalanadi, faqat qo‘ygan summa miqdoricha risk;
  • Loyihalar diqqat bilan tanlanadi va huquqiy/moliyaviy tahlildan o‘tadi;
  • Har bir tushum va xarajat mobil ilovada shaffof ko‘rsatiladi
  • Rasmiy hujjatlar (nizom, asoschilik shartnomasi, hissa guvohnomasi) har bir investorga taqdim etiladi
⚠️ Tavsiya: Har qanday investitsiya tavakkalchilikni o‘z ichiga oladi. Loyiha bo‘yicha qaror qabul qilishdan oldin barcha hujjatlar va shartlarni mustaqil ravishda o‘rganing. Kundalik ehtiyojlar, yagona daromad manbai yoki qarz mablag‘lari hisobidan investitsiya qilish tavsiya etilmaydi. Zarur hollarda malakali moliyaviy maslahatchidan maslahat oling.